date

O‘zbekiston - Kuvayt o‘yini o‘tkazilmasligi mumkin

O‘zbekiston - Kuvayt o‘yini o‘tkazilmasligi mumkin

O‘zbekiston va Kuvayt terma jamoalari o‘rtasida 10 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmasligi mumkin.

Kuvayt milliy termasi Fors Ko‘rfazi kubogi musobaqasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin mamlakat futbol assosiasiyasi bosh murabbiy Jordan Vieyrani iste’foga chiqarishga qaror qildi. Kuvaytliklar guruh bosqichida Iroqni mag‘lub etib (1:0), BAA bilan durang o‘ynashdi (2:2). Ammo so‘nggi turda Ummonga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Kuvayt futbol uyushmasi tunislik mutaxassis Nabil Ma’lul bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishdi.

Nazarimizda, Kuvayt terma jamoasida murabbiyning o‘zgarishi terma jamoaning Osiyo kubogi-2015 tayyorgarlik rejasiga ham o‘zgartirish kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi kecha Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" klubi bilan durang (0:0) o‘ynadi. Kuvayt bilan o‘yin o‘tkazilmasa, terma jamoamiz navbatdagi o‘yinni 13 dekabr kuni Falastinga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.stadion.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston - Kuvayt o‘yini o‘tkazilmasligi mumkin