Gvardiolaning “Siti”si “Liverpul”ni ketma-ket uch marta mag‘lub qildi...

Angliya kubogi chorak finalida “Manchester Siti” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida kuchli raqibi “Liverpul”ni yirik (4:0) hisobda mag‘lub qildi va turnirda navbatdagi qadamni muvaffaqiyatli bajardi.
Shu natija bilan maydon egalari joriy mavsumda mersisaydliklar ustidan g‘alabalar seriyasini uchta o‘yinga yetkazdi. Oldinroq, Premyer-liga doirasida ham “shaharliklar” mamlakatning amaldagi chempioni bo‘lgan “Liverpul”ni ikki marta – 2:1 va 3:0 hisobida mag‘lub etishga erishgan edi.
Bu g‘alaba “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. U tarixda ilk bor turnirdan qatʼi nazar “Liverpul”ni ketma-ket uch marta mag‘lub etgan mutaxassis sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda mersisaydliklar Premyer-ligada g‘olib chiqib, “Manchester Siti”ning to‘rt yillik chempionlik seriyasini barham qilgan edi. Shu sababli bu g‘alaba muxlislar uchun nafaqat quvonch, balki klub tarixida muhim epizod sifatida yodda qoladi.
Mavsum davomida ham “Manchester Siti”ning o‘z maydonidagi ustunligi va jamoaviy harakatlari jamoa muxlislari orasida katta umid va hayajon uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!