date

“Barselona” hakamlikdan norozi bo‘lib UYEFAga shikoyat tayyorlamoqda...

“Barselona” hakamlikdan norozi bo‘lib UYEFAga shikoyat tayyorlamoqda...

Yevropa Chempionlar Ligasi chorakfinal bosqichi doirasida “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin katta muhokamalar yuzaga keldi. Kataloniya klubi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng hakamning qarorlaridan qattiq norozi bo‘lib, UYEFAga rasmiy shikoyat kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Asosiy eʼtirozli vaziyatlardan biri 54-daqiqada sodir bo‘lgan. Unda “Atletiko” himoyachisi Mark Pubil jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan to‘xtatganiga qaramasdan, bosh hakam Ishtvan Kovach penalti belgilamadi. VAR tizimi uchun masʼul bo‘lgan Kristian Dingert ham ushbu epizodga aralashmagani kataloniyaliklar noroziligini yana-da kuchaytirdi.

Shuningdek, “Barselona” jamoasi Pau Kubarsining maydondan chetlatilishi bo‘yicha ham qarorni adolatsiz deb hisoblamoqda. Futbolchi avvaliga sariq kartochka olgan bo‘lsa, keyinchalik VAR aralashuvidan so‘ng qizil kartochka bilan maydondan chiqarilgan. Klub rahbariyati VAR qaysi holatlarda aralashishi yoki aralashmasligi borasida aniqlik yo‘qligini taʼkidlamoqda.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar fikricha, “Atletiko” yarim himoyachisi Koke birinchi bo‘limning o‘zidayoq qizil kartochka olib maydonni tark etishi kerak edi.

Manbalarga ko‘ra, aynan shu bahsli holatlar “Barselona” rahbariyatini UYEFAga rasmiy shikoyat yuborish masalasini jiddiy ko‘rib chiqishga olib kelgan.

Shu bilan birga, Diaro Sport nashri maʼlumotiga ko‘ra, bosh hakam Ishtvan Kovach Yevropa Chempionlar Ligasining qolgan o‘yinlariga tayinlanmasligi ehtimol qilinmoqda.

Maʼlumot uchun, javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Barselona” hakamlikdan norozi bo‘lib UYEFAga shikoyat tayyorlamoqda...