Laporta UYEFAga shikoyat qildi hakamlikdan norozilik bildirdi

Sport1 daqiqa o'qish404
Laporta UYEFAga shikoyat qildi hakamlikdan norozilik bildirdi

“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko Madrid"ga qarshi o‘yinlardan keyin UYEFA rahbariyatiga bevosita murojaat qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Manbalarga ko‘ra, Laporta UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin bilan telefon orqali bog‘lanib, uchrashuvlardagi hakamlik qarorlaridan qattiq noroziligini bildirgan.

Kataloniya klubi rahbari “Atletiko”ga qarshi ikki bahs (1:2, 2:0) davomida yuzaga kelgan ayrim bahsli epizodlar klub manfaatiga zid hal etilganini taʼkidlagan.

Shuningdek, javob uchrashuvi tanaffus paytida Laporta UYEFA bosh kotibi Teodor Teodoridis hamda uning yordamchisi Jorjo Marketti bilan shaxsan uchrashgani maʼlum qilindi. Ushbu muloqotda u bosh hakam Kleman Tyurpenning birinchi bo‘limdagi qarorlarini ham tanqid qilgan.

Xususan, Dani Olmoga nisbatan qoidalar buzilishi uchun penalti belgilanmagani, shuningdek Xuan Musso tomonidan Fermin Lopesga qarshi amalga oshirilgan epizod eʼtiborsiz qolgani asosiy eʼtirozlar qatorida keltirilgan.

Laporta yana birinchi uchrashuvni boshqargan Ishtvan Kovachning qarorlarini ham qayta-qayta tanqid qilgan.

Bundan tashqari, u UYEFAning “Barselona” tomonidan Mark Pubilning qo‘l bilan o‘ynagan vaziyati yuzasidan yuborilgan rasmiy shikoyatni qabul qilmaganini ham keskin norozilik bilan qayd etgan.

Hozircha UYEFA tomonidan bu bayonotlarga rasmiy javob berilmagan, ammo vaziyat Yevropa futbolida muhokamalarni yana-da qizitib yubormoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?