Pep Gvardiola chempionlik poygasi haqida keskin bayonot berdi

Angliya Premyer-ligasida chempionlik uchun kurash tobora qiziydi. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsumning hal qiluvchi bosqichiga kirilgani haqida ochiq va qatʼiy fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa uchun har bir o‘yin endi final darajasiga chiqib ketgan. Ispaniyalik mutaxassis ochkolar yo‘qotishga umuman o‘rin qolmaganini taʼkidlab, futbolchilardan maksimal natija talab qildi.
«Umid qilamanki, biz ko‘p ochko yig‘amiz. Hozirgi vaziyatda Premyer-ligada qolish va kurashni davom ettirish uchun har bir o‘yinda faqat g‘alaba qozonishimiz shart. Aks holda, oxirigacha intrigada qolish imkoni yo‘qoladi. Har bir bahsda faqat zafar kerak», — degan Gvardiola BBC orqali keltirilgan bayonotida.
Hozirgi kunda «Manchester Siti» turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi va yetakchilik uchun asosiy daʼvogarlar qatorida qolmoqda. Biroq raqobat shiddatli bo‘lib, har bir yo‘qotilgan ochko katta narxga tushmoqda.
Eʼtiborli jihati, keyingi turda “Siti”ni juda muhim sinov kutmoqda. Jamoa 12 aprel kuni “Chelsi”ga qarshi maydonga chiqadi. Bu uchrashuv chempionlik poygasidagi taqdiriy bahslardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Futbol muxlislari uchun mavsumning eng qizg‘in qismi endi boshlandi. “Siti” barqarorlikni saqlab qoladimi yoki bosim ostida qoqiladimi — bu savollarga javob yaqin turlarda aniq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!