date

Vensan Kompani “Bavariya”dagi jamoaviy ruhni yuqori baholadi

Vensan Kompani “Bavariya”dagi jamoaviy ruhni yuqori baholadi

Bundesliga 29-turida “Bavariya” safarda “Sankt-Pauli” ustidan ishonchli 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu yirik g‘alabadan so‘ng myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Murabbiyning taʼkidlashicha, g‘alaba doim hayotni yengillashtiradi, ammo u jamoa muvaffaqiyatining yagona mezoni emas. Uning aytishicha, klubda barqaror natijalarga erishish uchun katta mehnat qilinayotgani, jamoa asta-sekin haqiqiy bir oilaga aylanayotgani muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

— "Men g‘alaba qozonish har doim hayotni osonlashtirishni yaxshi tushunaman. Biz jamomizni haqiqiy oilaga aylantirish uchun ko‘p mehnat qilyapmiz", - dedi Kompani.

Kompani jamoadagi muhitni yuqori baholar ekan, natijalar har doim ham ideal bo‘lmagan paytlarda ham ijobiy kayfiyat saqlanganini alohida taʼkidladi. Uning fikricha, aynan shu ruhiy barqarorlik va ishonch “Bavariya”ni hozirgi darajaga olib chiqqan.

— "Baxtlimiz, lekin ishlar unchalik yaxshi bo‘lmaganida ham xursand bo‘ldik. O‘ylaymanki, shuning uchun biz hozir qilayotgan ishimizga erishdik", - dedi Kompani.

Shuningdek, murabbiy faqat asosiy tarkib emas, balki butun jamoa o‘rtasidagi raqobat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuqori ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir futbolchi o‘z hissasini qo‘shib, umumiy maqsad uchun harakat qilmoqda.

— "Bizda doim bir xil tarkib emas, lekin kuchli raqobat mavjud jamoa bor. Har bir o‘yinchi bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi Kompani klub rasmiy saytiga bergan izohida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vensan Kompani “Bavariya”dagi jamoaviy ruhni yuqori baholadi