“Manchester Yunayted”da katta tozalash: 5 futbolchini haydash talab qilindi

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz klub tarkibida kimlar bilan xayrlashish kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uningcha, jamoa ayrim futbolchilardan voz kechib, yangi bosqichga o‘tishi zarur.
Skoulz “shubhali ro‘yxat”iga Lyuk Shou va Xarri Maguayr bilan birga Manuel Ugarte, Joshua Zirkze hamda Meyson Mauntni kiritdi. U bu futbolchilarning barchasi yuqori darajada barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti, deb hisoblaydi.
— “Maguayrga to‘liq ishonish mumkinmi, bu menda katta savol ostida. Ayniqsa, jamoa Chempionlar ligasida chempion bo‘lishni istasa. Shou esa kam maydonga tushadi va u hozir dunyo top darajasidagi himoyachi emas. Maunt yaxshi futbolchi, lekin tez-tez jarohat oladi”, — dedi Skoulz.
Shu bilan birga, “Manchester Yunayted”da vaziyat sekin-asta ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Maykl Kerrik kelganidan keyin jamoa o‘z o‘yinini tiklay boshladi va Premyer-ligada uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Hozirgi holatga ko‘ra, klub kelasi mavsum uchun UYEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Shuningdek, rahbariyat yozgi transfer oynasidan oldin doimiy bosh murabbiy masalasini hal qilib, keyin tarkibni tubdan yangilashni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!