
Janubiy Koreya hukumati 2018 yilgi qishki Olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan shimoliy koreyalik sportchilarga hech qanday to‘sqinlik qilinmasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters"ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
«Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya hududida bo‘lib o‘tadigan sport tadbirlaridagi ishtirokiga keladigan bo‘lsak, agarda ular barcha kerakli qoidalar va jarayonlarga amal qilishsa, biz ularning kelishiga qarshilik qilmaymiz», - deyiladi Koreya Respublikasining birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi bayonotida.
Ma’lumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar