date

Ronalduning orzusi: 2030 yilgi jahon chempionatida ham o‘ynash

Ronalduning orzusi: 2030 yilgi jahon chempionatida ham o‘ynash

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2030 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu vaqtga kelib u 45 yoshni qarshi oladi.

Ronalduning taʼkidlashicha, u hali ham eng yirik futbol forumida maydonga tushish rejasidan voz kechmagan.

“Men 2030 yilgi jahon chempionatida o‘ynash imkoniyatidan hali voz kechganim yo‘q. Hozir 41 yoshimda har hafta gol urayapman, ehtimol yana to‘rt yil davomida o‘ynashim mumkin”, — dedi u DAZN jurnalistlariga bergan intervyusida.

2030 yilgi jahon chempionati tarixdagi eng noodatiy formatlardan biri bo‘ladi. Turnir olti davlat — Urugvay, Argentina, Paragvay, Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastlabki o‘yinlar Janubiy Amerikada bo‘lib o‘tadi, asosiy bosqich esa Yevropa va Afrikada tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Ronaldu yetakchilik qilayotgan Portugaliya terma jamoasi “K” guruhida O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan kuch sinashadi.

Portugaliyaning jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi hozirgacha 1966 yilda qo‘lga kiritilgan — u paytda jamoa uchinchi o‘rinni egallagan.

Futbol afsonasi hali ham katta sahnani tark etmoqchi emas va yangi tarix yozishga intilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning orzusi: 2030 yilgi jahon chempionatida ham o‘ynash