Yamal “Atletiko” bosh murabbiyiga murojaat qildi, katta o‘yin kutilmoqda

“Barselona”ning yosh vingeri Lamin Yamal Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvi oldidan “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeonega qarata fikr bildirdi.
Yamal o‘zini juda yaxshi formada his qilayotganini va bo‘lajak uchrashuvni katta intizorlik bilan kutyaptganini taʼkidladi. Uning aytishicha, u o‘yin natijasiga real taʼsir ko‘rsatishga tayyor.
«O‘zimni ajoyib his qilyapman, intiqlik bilan bo‘lajak bahsni kutyapman. Umid qilamanki, o‘yin borishiga taʼsir ko‘rsata olaman», — dedi Yamal.
Yosh futbolchi shuningdek Simeonega ochiq murojaat qilib, o‘yin davomida o‘ziga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri duel vaziyatlarini yaratishini istashini bildirdi. U himoyachilar bilan yakkama-yakka qolish imkoniyatini kutayotganini yashirmadi.
«Ko‘ramiz, Simeone menga iltifot ko‘rsatib, biror bir futbolchi bilan birga-bir qoldirarmikan — shunday bo‘lishiga umid qilaman», — dedi Yamal.
Yamal mavsum boshida unga nisbatan bildirilgan tanqidlar haqida ham to‘xtaldi. Uning fikricha, aynan shunday bosimli vaziyatlar haqiqiy yetakchilarni aniqlab beradi va u bunday muhitda o‘ynashdan zavq oladi.
«Mavsum avvalida o‘yinimni keskin tanqid qilganlar ko‘p bo‘ldi, ammo hozir shunday davrga keldikki, haqiqiy qahramonlar saralana boshlaydi va bu menga yoqadi. O‘yindan umidlarim katta», — dedi Yamal.
U “Atletiko”ga qarshi bahsdan katta umidda ekanini ham qo‘shimcha qildi. «O‘yindan umidlarim katta», — dedi Yamal deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Barca Blaugranes.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin “Atletiko”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Javob uchrashuvi esa bugun tunda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!