Vensan Kompaniga Yechldagi gʻoliblik uchun 1 million yevro bonus tayyor

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompaniyaga agar jamoa Chempionlar Ligasida g'alaba qozonsa, 1 million yevro bonus tayyorlanmoqda. Ushbu rag'batlantirish mutaxassisning 2029 yilgacha amal qiladigan yangi shartnomasiga kiritilgan. "Bavariya" hozirda Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqqan va ushbu bosqichda PSJ bilan kuch sinashadi. Jamoa Bundesligada allaqachon chempionlikni qo'lga kiritgan va endi asosiy e'tiborni Yevropa kubogiga qaratgan.
“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani agar jamoa Chempionlar ligasida gʻolib chiqsa, klub tomonidan katta miqdorda maxsus bonus olishi mumkin. Sport Bild maʼlumotiga koʻra, bu mukofot summasi 1 million yevroni tashkil qiladi.
Xabarlarga koʻra, ushbu moliyaviy ragʻbatlantirish belgiyalik mutaxassisning yangi shartnomasiga kiritilgan. Tomonlar oʻtgan yil kuzida kelishuvga erishgan boʻlib, shartnoma 2029 yilga qadar amal qiladi.
Hozirgi paytda myunxenliklar Yevropa Chempionlar ligasining yarimfinaliga yoʻl olgan va bu bosqichda amaldagi chempion “PSJ”ga qarshi maydonga chiqadi.
Maʼlumot uchun, “Bavariya” bu mavsumda Germaniya Bundesligasida muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritib ulgurgan. Endi jamoa asosiy eʼtiborni Yechldagi toʻliq gʻalabaga qaratmoqda.
Yarimfinal oʻyinlari 28 aprel va 6 may kunlari boʻlib oʻtadi.






























Izohlar 0
…