Moyes Grealish mavsum oxirigacha safdan chiqqanini aytdi

"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grealish qoʻshimcha tibbiy ko‘riklardan o‘tdi va natijalar jamoa uchun yoqimli bo‘lmadi. Bu haqda bosh murabbiy Devid Moyes matbuot anjumanida ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Moyesning so‘zlariga ko‘ra, futbolchiga ehtimol jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lishi mumkin. Murabbiy bu holat Grealishni mavsum yakunigacha maydonga tushishidan mahrum qilishi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Moyes Grealishning "Everton"dagi kelajagi haqida hozircha aniq gapirish erta ekanini bildirdi. Ma’lumki, mersisaydliklar 30 yoshli futbolchini "Manchester Siti"dan sotib olish imkoniyatiga ega.
Hozirda "Everton" APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 31-yanvar kuni safarda "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!