
Kecha Ispaniya La ligasining 31-tur uchrashuvlariga start berildi. Unda bitta o‘yin o‘tkazildi. "Vilyarreal" o‘zida "Atletik Bilbao"ni 3:1 hisobida engdi, deb yozadi "Uff.uz".
Qolgan bahslar bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, unda Kataloniyaning "Barselona" jamoasi safarda "Malaga" mehmoni bo‘ladi. Luis Enrike shogirdlarini o‘ziga xos raqib kutmoqda. Chunki, "Malaga" ko‘p marotaba o‘z maydonida "Barsa"dan ochko tortib ola bilgan. Bu safar qanday bo‘lishi kechroq bilib olamiz.
"Sevilya" bo‘lsa muxlislari qarshisida "Deportivo" bilan bellashadi. "Valensiya"ni "Granada"ga qarshi safar uchrashuvi kutmoqda.
Bu turda markaziy o‘yin bor. Madrid shahrida poytaxt derbisi ostida "Real" jamoasi "Atletiko"ni qabul qiladi. Mana shu o‘yinda ko‘p narsa ma’lum bo‘ldi. Sababi, "Real" anchadan beri "Atletiko"ni enga olmayapti, bu safar nima bo‘lishi ko‘pchilikka qiziq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar