Porsche 911 dizaynidagi divan yaratildi

Dunyo1 daqiqa o'qish461
Porsche 911 dizaynidagi divan yaratildi

Italiyada ishlab chiqarilgan hunarmandchilik an’analaridan ilhomlangan Arkadia-life kompaniyasi klassik Porsche 911 sportkariga o‘xshash noodatiy mebel — P01 Classic divanini taqdim etdi. Uning tashqi ko‘rinishi 1960 yillardagi sport avtomobillarini eslatadi. Biroq bu haqiqiy Porsche avtomobili emas, balki avtomobil dizaynidan ilhomlanib yaratilgan mebel hisoblanadi.

Divan bir kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning korpusida yettita saqlash bo‘limi mavjud. Unga ichimliklar uchun muzlatkich, vino sovutgich, sozlanadigan stakan tutqichlari va telefonni simsiz quvvatlash moslamasi o‘rnatilgan.

Shuningdek, mebel Buyuk Britaniyaning SENSONUM audio tizimi bilan jihozlangan. Unda kuchaytirgich, sabvufer va 13 ta dinamik mavjud. Musiqani Bluetooth orqali telefondan boshqarish mumkin. Divanning umumiy og‘irligi qariyb 220 kilogrammni tashkil etadi.

Yanko Design nashri ma’lumotiga ko‘ra, P01 Classic divanining boshlang‘ich narxi taxminan 30 ming dollarni tashkil qiladi. Ayrim rang va bezak variantlari uchun qo‘shimcha haq to‘lash talab etiladi.

Porsche avtomobili old qismidan ishlangan, jigarrang charm o‘rindiqli kreslo.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?