Portugaliya — O‘zbekiston: taxminiy tarkiblar e’lon qilindi

Sport1 daqiqa o'qish4.9K
Portugaliya — O‘zbekiston: taxminiy tarkiblar e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 23 iyun kuni JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Tarixiy uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Bu bahs milliy jamoamiz uchun alohida ahamiyatga ega. «Oq bo‘rilar» jahon futboli yulduzlariga boy Portugaliyaga qarshi munosib natija uchun kurashadi.

Uchrashuv oldidan har ikki jamoaning taxminiy asosiy tarkiblari e’lon qilindi.

JCH-2026. Guruh bosqichi, 2-tur

Portugaliya — O‘zbekiston

Portugaliyaning taxminiy tarkibi:

Koshta, Kanselu, Diash, Mendesh, Veyga, Nevesh, Vitinya, Fernandesh, Netu, Feliks, Ronaldu.

O‘zbekistonning taxminiy tarkibi:

Yusupov, Husanov, Abdullayev, Ashurmatov, Karimov, Mozgovoy, Shukurov, Nasrullayev, Fayzullayev, O‘runov, Shomurodov.

Taxminiy tarkibdan ko‘rinib turibdiki, Portugaliya Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi kuchli hujum chizig‘i bilan maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘zbekiston safida esa Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Oston O‘runov hujumda asosiy umidlardan biri bo‘ladi. Himoya chizig‘ida Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov va Abdulla Abdullayevning harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

«Oq bo‘rilar» to‘psiz o‘yinda intizomni saqlash, raqibning tezkor hujumlarini to‘xtatish va qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qiladi.

Barcha e’tibor bugun soat 22:00 da boshlanadigan Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuviga qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?