Joze Mourino Real Madridga qaytishi mumkin

Real Madrid jamoasida katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Klub rahbariyati Alvaro Arbeloa o‘rniga bosh murabbiy sifatida Joze Mourinoni qaytarish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis hozirda asosiy nomzod hisoblanadi. Klub bosh direktori Xose Angel Sanchez ushbu transfer tashabbuskori bo‘lib, u allaqachon murabbiyning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
The Athletik nashrining ta’kidlashicha, Florentino Perez ham Mourinoning qaytishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq, 63 yoshli murabbiy klubga qaytish uchun ikkita asosiy shart qo‘ygan: transferlar masalasida to‘liq nazorat va jamoa tarkibini shakllantirishda mustaqil qaror qabul qilish huquqi.
Hozirda Benfika klubini boshqarayotgan Joze Mourino kelajagi borasida aniq vada berishdan bosh tortdi. Uning shartnomasida 3 million yevrolik tovon puli mavjud bo‘lib, Real Madrid bu mablag‘ni to‘lab, murabbiyni yozda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!