James Maddison VAR tufayli hakamlar qaror qabul qilishdan qo‘rqib qolganini aytdi

Tottenxem yarim himoyachisi James Maddison Angliya Premer-ligasi hakamlarini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, VAR tizimi hakamlarni maydonda mustaqil qaror qabul qilishdan cho‘chib qoladigan darajaga keltirib qo‘ygan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Lids Yunaytedga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan bahsning so‘nggi daqiqalarida Maddison raqib jarima maydonchasi ichida yiqilgan edi. Hakam Jarred Gillett penalti yo‘qligini qayd etdi, VAR esa bu qarorni tasdiqladi. Maddison esa himoyachi to‘pga tegmaganini ta’kidlab, hakamlar VAR tufayli mas’uliyatdan qochayotganini bildirdi.
Ushbu durang Tottenxem uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Roberto De Zerbi shogirdlari ayni damda 38 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda va jon saqlab qolish uchun kurashni davom ettirmoqda. Ularning asosiy raqibi Vest Xem esa 36 ochko bilan 18-pog‘onada joylashgan.
Mavsum yakuniga qadar Tottenxemni Chelsi va Evertonga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Jamoa Premer-ligada qolish uchun har bir ochko uchun kurashishga majbur.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!