
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning «Shanxay SIPG» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida mag‘lub bo‘ldi, deb yozadi "Daryo.uz" nashri.
Yaponiyaning «Urava Red» klubi mehmoni bo‘lgan shanxayliklar birinchi bo‘lim so‘nggida gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘limda braziliyalik Oskar yaponiyaliklar darvozasi tomon belgilangan ikki penaltini ko‘kka sovurdi.
Ahmedov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi va 82-daqiqada o‘z o‘rnini boshqa futbolchiga bo‘shatib berdi.
«Shanxay SIPG» bunga qadar o‘tkazilgan har uchala o‘yinni o‘z foydasiga hal qila olgandi. Mazkur mag‘lubiyatidan keyin klub turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib qoldi.
Osiyo Chempionlar ligasi
«F» guruhi. 4-tur
11 aprel, seshanba
«Urava Red» (Yaponiya) — «Shanxay SIPG» (Xitoy) 1:0
Gol: Rafael Silva, 44 (1:0).
Noaniq penaltilar: Oskar, 65 (Sh). Oskar, 76 (Sh). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar