Navoiyda karatening shinkiokushinkay turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi o‘tkazildi

O‘zbekiston Kubogi uchun Navoiyda karatening shinkiokushinkay turi bo‘yicha tashkillashtirilgan musobaqa o‘z yakuniga etdi va unda medallarning umumiy soni bo‘yicha mezbonlar g‘alaba qozonishdi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Navoiyliklar sharq yakkakurashining ushbu turi bo‘yicha ancha yillardan beri tengsiz bo‘lib kelayotgan poytaxtlik sportchilarning ko‘p yillik ustunligiga barham berishdi. Navoiy shahrida joylashgan “So‘g‘diyona” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bu musobaqada toshkentliklarni nafaqat 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan navoiyliklar, balki 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Xorazm va shohsupaning 3-pog‘onasiga ko‘tarilgan Samarqand jamoasi vakillari ham ortda qoldirgan.
Foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing