Mark Bernal Hansi Flickdan minnatdor va Ispaniya termasidan chaqiruv kutmoqda

1 daqiqa o'qish223
Mark Bernal Hansi Flickdan minnatdor va Ispaniya termasidan chaqiruv kutmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Barselona jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi Marc Bernal og'ir jarohatdan keyin sport formasini tiklashga yordam bergan murabbiy Hansi Flickdan cheksiz minnatdor ekanini bildirdi.
  • O'tgan mavsumda tizzasidan olgan jarohatini yengib o'tib, Barselona safida 21 ta o'yinda maydonga tushgan o'smir futbolchi endilikda Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkibiga chaqirilishidan umidvor.

Barselona jamoasining yosh iqtidori Marc Bernal ogʻir jarohatdan soʻng oʻz sport formasini tiklashda yordam bergan murabbiy Hansi Flickga cheksiz minnatdorchilik bildirdi. 18 yoshli yarim himoyachi oʻzining La Liga yulduziga aylanishida germaniyalik mutaxassisning oʻrni beqiyos ekanini taʼkidlab, unga oʻz hayotidan qarzdor ekanini aytdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Bernal oʻtgan mavsumda tizzasidan olgan jiddiy jarohatini yengib oʻtib, Barselona safida 21 ta oʻyinda maydonga tushdi va uchta golda ishtirok etdi. Fevral oyidan boshlab Frenkie de Jongning yoʻqligida asosiy tarkibdan mustahkam joy olgan oʻsmir futbolchi, endilikda Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkibiga chaqirilishidan umidvor.

Kataloniya radiosiga bergan intervyusida futbolchi yozgi taʼtil uchun rejalar tuzmayotganini maʼlum qildi. "Albatta, terma jamoada oʻynashni xohlayman, bu har bir futbolchi uchun eng oliy maqsad. Hozircha yoz uchun hech qanday reja qilganim yoʻq, dushanba kungi rasmiy eʼlonni kutyapman", — dedi Marc Bernal.

Shuningdek, yarim himoyachi jamoani tark etishi kutilayotgan Robert Lewandowski haqida ham toʻxtalib oʻtdi. U polshalik hujumchini klub afsonasi deb atab, ketma-ket qoʻlga kiritilgan chempionliklarda uning hissasi katta boʻlganini eʼtirof etdi. Bernal Chempionlar ligasi chorak finalida Atletiko Madrid jamoasidan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng, kelasi mavsumda yanada katta gʻalabalarni koʻzlayotganini bildirdi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente dushanba kuni Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni eʼlon qiladi. Agar Bernal roʻyxatga kiritilsa, u "La Roxa" bilan birgalikda 2010-yildagi muvaffaqiyatni takrorlashga harakat qiladi. Ispanlar guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?