Barselona Mikel Arteta uchun Arsenal bilan kurashishi mumkinmi?

1 daqiqa o'qish242
Barselona Mikel Arteta uchun Arsenal bilan kurashishi mumkinmi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mikel Arteta 22 yillik tanaffusdan so'ng Arsenal jamoasiga Angliya Premer-ligasi chempionligini taqdim etdi, biroq ispaniyalik mutaxassis o'z vatani va tarbiyalanuvchisi hisoblangan Barselona tomonidan o'ziga og'dirib olinishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo bo'lmoqda.
  • Arsenal afsonasi Ray Parlour 44 yoshli murabbiyning kelajagi borasidagi bahslarni o'z vaqtida Arsene Wenger atrofida yuzaga kelgan vaziyatga o'xshatdi.

Mikel Arteta 22 yillik tanaffusdan soʻng Arsenal jamoasiga Angliya Premer-ligasi chempionligini taqdim etdi. Biroq, Shimoliy Londonda ispaniyalik mutaxassis oʻz vatani va tarbiyalanuvchisi hisoblangan Barselona tomonidan oʻziga ogʻdirib olinishi mumkinligi haqidagi xavotirlar paydo boʻlmoqda. Arteta mashhur La Masia akademiyasi mahsuli boʻlib, murabbiylik sir-asrorlarini Pep Guardiola qoʻl ostida oʻrgangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Arsenal afsonasi Ray Parlour 44 yoshli murabbiyning kelajagi borasidagi bahslarni oʻz vaqtida Arsene Wenger atrofida yuzaga kelgan vaziyatga oʻxshatdi. Wenger "Kanonirlar"ni uchta chempionlik sari yetaklagan, jumladan 2003-04-yilgi magʻlubiyatsiz mavsumni qayd etgan davrda, u dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri sanalgan. Oʻshanda deyarli har mavsumda "Professor"ning Real Madrid klubiga oʻtishi haqida mish-mishlar tarqalardi.

Hatto Wenger Highbury stadionida ishlayotgan vaqtida "Qirollik klubi" bilan muzokaralar ham oʻtkazgan, biroq yakunda u 2018-yilgacha Arsenal jamoasiga sodiq qolgan. Arteta esa 2019-yil dekabrida jamoani qabul qilib olganidan beri 350 ta oʻyinda ishtirok etdi va 2025-26-yilgi mavsumda ichki chempionatda gegemonlikni qaytardi. Hozirda jamoa 30-may kuni Chempionlar ligasi finalida Pari Sen-Jermen bilan toʻqnash kelishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Arteta bilan amaldagi shartnoma 2027-yilning yoziga qadar imzolangan. Garchi shartnomani uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotgan boʻlsa-da, Barselona kabi grand klubning taklifi uni yoʻldan urishi mumkinmi? Parlourning fikricha, Arteta ham Wenger kabi sodiq qolishi ehtimoli yuqori. U oʻz loyihasini oxiriga yetkazishni istaydi va Arsenal jamoasining yangi davrini qurishda davom etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?