Karlo Anchelotti: Braziliyada endi Pele yoki Ronaldo kabi yulduzlar yoʻq

1 daqiqa o'qish387
Karlo Anchelotti: Braziliyada endi Pele yoki Ronaldo kabi yulduzlar yoʻq
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa tarkibida avvalgidek yirik yulduzlar qolmaganini va muvaffaqiyat uchun jamoaviy o'yinga tayanib, mas'uliyatni taqsimlash lozimligini ta'kidladi.
  • Marakana stadionida Panamaga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan so'z olgan mutaxassis tajribali futbolchilar ko'proq javobgarlikni bo'yniga olishi, yoshlar esa kamroq bosim ostida o'ynashi kerakligini aytdi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning hozirgi holati haqida ochiqchasiga gapirib, "Selesao" tarkibida avvalgi yillardagi kabi yirik ikonalar qolmaganini taʼkidladi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, besh karra jahon chempionlari endi yagona superyulduzga tayanish oʻrniga, jamoaviy oʻyinga koʻproq eʼtibor qaratishlari lozim. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Marakana stadionida Panamaga qarshi oʻtkaziladigan oʻrtoqlik uchrashuvi oldidan Real Madrid sobiq ustozi muvaffaqiyatga erishish uchun masʼuliyatni taqsimlash kerakligini aytdi. "Baʼzan Braziliyada yulduz yoʻqligi haqida koʻp gapiramiz. Bu haqiqat boʻlishi mumkin, bizda Pele, Romario yoki Ronaldo yoʻq, lekin bizda umumiy masʼuliyat bor. Tajribali futbolchilar koʻproq javobgarlikni boʻyniga olishi, yoshlar esa kamroq bosim ostida oʻynashi kerak", — dedi Anchelotti.

Murabbiy, shuningdek, himoya chizigʻini mustahkamlash ustida koʻp ishlayotganini, biroq hujumchilarning kreativligini cheklamoqchi emasligini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, himoyachilar, qanot vakillari va yarim himoyachilarning roli Jahon chempionatida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Braziliya 2002-yildan buyon ilk bor jahon tojini qaytarib olishni maqsad qilgan.

Jamoaning asosiy yulduzi Neymar jarohati tufayli mashgʻulotlarni toʻliq oʻtkaza olmayotgan boʻlsa-da, Anchelotti uni tarkibga kiritishga qaror qildi. Murabbiy avvalroq faqat 100 foiz tayyor futbolchilarni jalb qilishini aytgan edi, biroq 128 ta oʻyinda 79 ta gol urgan tajribali hujumchi uchun istisno qildi.

Anchelotti Neymar turnirning hal qiluvchi pallalariga qadar oʻz sport formasini tiklab olishiga ishonch bildirmoqda. "Biz Militao, Rodrygo va Estevaoni yoʻqotdik, ammo Neymar Jahon chempionatiga qadar 100 foiz tayyor boʻladi", — deya qoʻshimcha qildi murabbiy matbuot anjumani davomida.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?