Cristiano Ronaldo Gollivudda: Portugaliyalik yulduz aktyorga aylanishi mumkinmi?

1 daqiqa o'qish486
Cristiano Ronaldo Gollivudda: Portugaliyalik yulduz aktyorga aylanishi mumkinmi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Futbolchi Cristiano Ronaldo faoliyatini yakunlagach, kino sanoatida aktyor sifatida o'zini sinab ko'rishi va Gollivudda muvaffaqiyat qozonishi kutilmoqda.
  • Fransiya terma jamoasi va Chelsi klubining sobiq himoyachisi Frank Leboeuf besh karra "Oltin to'p" sohibiga professional kurslarda tahsil olishi lozimligini maslahat berdi.

Futbol olamini zabt etgan Cristiano Ronaldo butsasini mixga ilgandan soʻng oʻzini kino sanoatida sinab koʻrishi kutilmoqda. Al-Nassr hujumchisi hozirda bor eʻtiborini rekordlar va 2026-yilgi Jahon chempionatiga qaratgan boʻlsa-da, mutaxassislar uning Gollivudda muvaffaqiyat qozonishiga ishonishmoqda. Biroq, buning uchun u bitta muhim shartni bajarishi lozim. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Fransiya terma jamoasi va Chelsi klubining sobiq himoyachisi Frank Leboeuf Ronaldoga maslahat berib, aktyorlik mahorati ham xuddi futbol kabi intizom va mehnat talab qilishini taʻkidladi. Leboeufning soʻzlariga koʻra, besh karra "Oltin toʻp" sohibi agar professional kurslarda tahsil olsa, kino olamida ham katta yutuqlarga erisha oladi.

"Cristiano Ronaldo agar bir ishni toʻgʻri bajarsa, ajoyib aktyor boʻladi. Unga maslahatim: aktyorlik kurslariga bor. Shunchaki mashhurlik bilan aktyor boʻlib qolaman deb oʻylama. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun qattiq mehnat qildi, kino sanoatida ham xuddi shunday yondashuv kerak", — deydi Leboeuf.

Gollivudda Ronaldoning kelajagi haqidagi mish-mishlar allaqachon avj olgan. Mashhur aktyor Vin Diesel ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik yulduz "Forsaj" (Fast & Furious) franshizasining yakuniy qismida suratga tushishi mumkinligiga shama qildi. Maʻlumotlarga koʻra, film ijodkorlari allaqachon u uchun maxsus rol tayyorlab qoʻyishgan.

Ronaldo avvalgi intervyularida ham kino olamiga qiziqishi borligini yashirmagan edi. Saudiya Arabistoni chempionatida gollar urishda davom etayotgan hujumchi uchun Gollivuddagi debyut uning global brendini yanada kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyat boʻlishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?