Nyu-Yorkni tutun qopladi: JCH finali o‘tkaziladimi?

Nyu-Yorkni tutun qopladi: JCH finali o‘tkaziladimi?

Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oqibatida Nyu-York shahri va uning atrofida havo sifati sezilarli darajada yomonlashganiga qaramay, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finalini boshqa kunga qoldirish rejalashtirilmagan. Bu haqda The National nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo sifati bilan bog‘liq muammolar final uchrashuvi o‘tkaziladigan Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahri uchun hozircha jiddiy xavf tug‘dirmayapti. Biroq mutaxassislar atmosferadagi havo odatdagidek toza emasligini qayd etmoqda.

Kanadada davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘inlari natijasida hosil bo‘lgan qalin tutun Nyu-York shahrini qoplagan. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda havo sifati indeksi (AQI) avval 179 bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda 208 darajaga yetgan. Bu esa havo sifati “juda zararli” toifasiga kirishini anglatadi.

Nyu-York gubernatori Keti Xokul ham o‘rmon yong‘inlari tufayli yuzaga kelgan tutun hamda yuqori haroratning birgalikdagi ta’siri shtatdagi ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. U aholini salomatligiga e’tiborli bo‘lishga va noqulay ob-havo sharoitlariga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Shunga qaramasdan, Jahon chempionatining hal qiluvchi final bahsi belgilangan reja asosida o‘tkaziladi. Chempionlik uchun Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi mashhur «MetLayf» stadionida start oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar