1. Fonar bog‘cha va G‘alati saroy
Turkiya chempionatida ham o‘ziga yarasha el-klasiko bor. “Fenerbaxche” va “Galatasaroy” klublari o‘rtasidagi uchrashuv hamisha murosasiz tarzda o‘tgan va muxlislar qiziqishiga sabab bo‘lib kelgan.

2. Bir balosi bo‘lmasa...
EChL chorak finali doirasida “Bavariya” va “Real” Madrid jamoalari to‘qnash keldi. Germaniya tomonning so‘zlariga ko‘ra, madridliklar hakamni sotib olgan bo‘lishi mumkin.

3. Qo‘lga tushgan akulalar
EChL chorak finalining yana bir juftligida “Barselona” bu safar “Yuventus” to‘sig‘idan o‘ta olmadi. “PSJ”ga qo‘llangan “taktika” bu safar ish bermadi shekilli.

4. Eski tanishlar
EChL yarim finaliga qur’a tashlangani va unda kimlar bir-biriga raqib bo‘lganini bilasiz. Birinchi juftlik eski tanishlar, atigi 11 oy oldin finalda to‘qnashgan. Ikkinchisi esa qariya va “Yuventus” va yosh “Monako”.

5. Ibraka-dabra qani?
“Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich tizzasidan jarohat olib, maydonga tusha olmay qoldi. Endi bosh murabbiy Joze Mourino kimga ishonarkan?

6. AvtoMatich “Chelsi”
Angliya kubogi yarim final o‘yinida “Chelsi” klubi “Tottenxem”ga qarshi bahs olib bordi va ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi. O‘yinda Nemanya Matich va Kurt Zuma alohida ajralib turdi.

7. Qirol Messi
Yakshanba kuni butun dunyo e’tibori el-klasikoga qaratildi. Aytish mumkinki, dunyo ahli ikkiga bo‘lindi go‘yo. “Santyago Bernabeu”da o‘tgan o‘yinda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi o‘zining jamoadagi 500-golini kiritishga ulgurib qoldi.

Manba: “Qalampir.uz” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar