
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Evropa o‘yinlarida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan avstriyaliklar jamoasidagi 3 nafar sportchini avtobusda urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda Ozarboyjon IIV matbuot xizmati'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
"Vaziyat yuzasidan olib borilgan tekshiruv ishlari davomida OOO Bakubus avtobuslaridan birining haydovchisi hibsga olindi. U o‘z sohasida zarur ko‘nikmaga ega bo‘lmagan va vazifasini bajara olmagan", deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda unga nisbatan "Yo‘lda harakatlanish va transport vositasini boshqarishda qoida buzish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni Bokuda 3 nafar avstriyalik sportchini avtobus urib ketgan, ulardan ikki nafari og‘ir jarohatlari tufayli shoshilinch ravishda Avstriyaga olib ketilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar