17:40 / 28.04.2017
5 977

O‘zbekistonning 2016 yildagi ”eng yaxshi murabbiyi” va ”eng yaxshi futbolchisi” aniqlandi

O‘zbekistonning 2016 yildagi ”eng yaxshi murabbiyi” va ”eng yaxshi futbolchisi” aniqlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekistondagi OAV vakillari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra mamlakatning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra eng yaqin ta’qibchilari – Qatarning “As-Sayliya” klubida to‘p surayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisovni ortda qoldirdi.

Qayd etish kerakki, Odil Ahmedov beshinchi marta O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. Bungacha yarim himoyachi 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda O‘zbekistonda yil futbolchisi bo‘lgandi.

OAV vakillari ovoziga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari kuchli uchligi:

1. Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy) – 33 ochko

2. Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar) – 22 ochko

3. Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya) – 16 ochko

2016 yilning eng yaxshi murabbiyi so‘rovnomasida Qarshining “Nasaf” futbol klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiev g‘olib bo‘ldi. “Lokomotiv” bilan O‘zbekiston chempioni va mamlakat Kubogi sohibiga aylangan Andrey Miklyaev ikkinchi o‘rinni, O‘zbekiston U-19 termasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan Jasur Abduraimov uchinchi o‘rinni egalladi.

1. Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”) – 32 ochko

2. Andrey Miklyaev (“Lokomotiv” Toshkent) – 23 ochko

3. Jasur Abduraimov (O‘zbekiston U-19) – 13 ochko

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning 2016 yildagi ”eng yaxshi murabbiyi” va ”eng yaxshi futbolchisi” aniqlandi