JCHdagi bir gol Qatar futbolchisiga boylik keltirdi

JCHdagi bir gol Qatar futbolchisiga boylik keltirdi
Qisqacha

Qatar Investitsiya boshqarmasi futbolchi Boalem Huxiga 3 million AQSH dollari va qiymati 500 ming dollardan yuqori bo'lgan eksklyuziv Rolls-Royce Phantom avtomobilini sovg'a qildi. Qatarlik o'yinchi 2026 yilgi Jahon chempionatida Shveysariyaga qarshi kechgan bahsda hal qiluvchi golga mualliflik qilgan edi. Garchi keyinchalik bu to'p avtogol sifatida qayd etilgan bo'lsa-da, bu holat va'da qilingan mukofotlarga ta'sir ko'rsatmadi.

Qatar Investitsiya boshqarmasi Boalem Huxiga 3 million AQSH dollari hamda qiymati 500 ming dollardan yuqori bo‘lgan eksklyuziv Rolls-Royce Phantom avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda “The Touchmine” nashri ma’lum qildi.

Qatarlik futbolchi Boalem Huxining 2026 yilgi Jahon chempionatida Shveysariyaga qarshi o‘yinda 94-daqiqada urgan goli uning faoliyatidagi eng muhim va tarixiy daqiqalardan biri bo‘ldi. Aynan shu gol Qatar terma jamoasiga uzoq kutilgan durang natijani va Jahon chempionati tarixidagi ilk ochkoni taqdim etdi.

Jamoa rahbariyati hamda homiylar futbolchini rag‘batlantirish maqsadida katta miqdordagi mukofot tayyorlashdi. Ushbu hal qiluvchi vaziyat uchun unga 3 million dollar pul mukofoti va qiymati yarim million dollardan ortiq bo‘lgan hashamatli Rolls-Royce Phantom avtomobili berilishi belgilandi.

Qiziq jihati shundaki, o‘yin yakunidan so‘ng VAR tizimi orqali epizod qayta ko‘rib chiqilganda, to‘p Shveysariya himoyachisi Miro Muheymga tegib ketgani aniqlanib, gol rasman avtogol sifatida qayd etildi.

Biroq bu holat mukofotga ta’sir ko‘rsatmadi — Boalem Huxining bosimi va o‘yindagi ishtiroki ushbu golga sabab bo‘lgani uchun va’da qilingan barcha bonuslar hamda qimmatbaho avtomobil unga topshirilishi ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar