JCH-2026da avtogollar soni 8 taga yetdi

2026 yilgi jahon chempionati hali guruh bosqichida bo‘lishiga qaramay, turnirda kiritilgan avtogollar soni 8 taga yetdi.
Bu ko‘rsatkich avvalgi ko‘plab mundiallardagi natijadan yuqori. Jumladan, 2022 yilgi jahon chempionatida 2 ta, 2014 yilda 4 ta, 2010 yilda esa 2 ta avtogol qayd etilgan.
Jahon chempionatlari tarixida hozircha eng ko‘p avtogol 2018 yilgi musobaqada kiritilgan. O‘sha turnirda futbolchilar o‘z darvozasiga jami 12 marta to‘p kiritgan.
Mundiallar bo‘yicha avtogollar statistikasi:
• 1930 yil — 1 ta
• 1934 yil — 0 ta
• 1938 yil — 2 ta
• 1950 yil — 0 ta
• 1954 yil — 4 ta
• 1958 yil — 0 ta
• 1962 yil — 0 ta
• 1966 yil — 2 ta
• 1970 yil — 1 ta
• 1974 yil — 3 ta
• 1978 yil — 2 ta
• 1982 yil — 1 ta
• 1986 yil — 2 ta
• 1990 yil — 0 ta
• 1994 yil — 1 ta
• 1998 yil — 5 ta
• 2002 yil — 2 ta
• 2006 yil — 4 ta
• 2010 yil — 2 ta
• 2014 yil — 4 ta
• 2018 yil — 12 ta
• 2022 yil — 2 ta
• 2026 yil — 8 ta
JCH-2026 davom etayotgani va hali guruh bosqichi yakunlanmagani uchun bu raqam yana oshishi mumkin.































Izohlar 0
…