Makgregor Xolloueyga keskin gapirdi: «Bir kuchli zarbam yetarli»

Makgregor Xolloueyga keskin gapirdi: «Bir kuchli zarbam yetarli»

MMA yulduzi Konor Makgregor amerikalik UFC jangchisi Maks Xolloueyga qarshi bo‘lajak bahs oldidan raqibi haqida keskin fikrlar bildirdi.

Irlandiyalik jangchining ta’kidlashicha, Xollouey faoliyati davomida juda ko‘p zarba va jarohat olgan. Makgregor esa bu safar raqibini nokaut qilish uchun bitta kuchli zarba yetarli bo‘lishiga ishonmoqda.

«Maks faoliyati davomida qancha jarohat olganini bilaman. Endi uni yengish uchun birgina kuchli zarbam kifoya. Xollouey mening darajam emas — na mahorat, na aqlan, na jismonan», — dedi Makgregor.

U o‘zini tezlik, kuch, jangovar tafakkur va chidamlilik borasida ham raqibidan ustun deb hisoblashini ta’kidladi.

«Tezlik, kuch, jangovar IQ, chidamlilik, sog‘liq va tetiklik — barchasida men yaxshiroqman», — deya qo‘shimcha qildi u.

Makgregor avvalgi to‘qnashuvni ham eslab, o‘sha bahsda Xollouey ustidan to‘liq ustunlik qilganini aytdi. Irlandiyalik bu safar ham shunga o‘xshash ssenariyni takrorlashni rejalashtirmoqda.

«Oldingi jangimizda men Maks ustidan to‘liq hukmronlik qilganman va buni yana qilishni rejalashtiryapman. Menga shunchaki g‘alaba yetarli emas. U tomoshabop va ko‘zni quvontiradigan bo‘lishi kerak. Aynan shunday bo‘ladi», — dedi u.

Shuningdek, Makgregor hozir o‘zini faoliyatidagi eng yaxshi davriga qaytayotgandek his qilayotganini ham ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Maks Xollouey o‘rtasidagi jang 12 iyul kuni «UFC 329» turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar