Ekvador Germaniyani mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi (video)

Ekvador Germaniyani mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi (video)

2026 yilgi jahon chempionatida «E» guruhining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan Germaniya milliy jamoasi Ekvadorga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu g‘alaba Lotin Amerikasi vakiliga eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari qatorida keyingi bosqichga chiqish imkonini berdi.

Uchrashuv shiddatli boshlandi. 2-daqiqada Leroy Sane Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq nemislarning ustunligi uzoqqa cho‘zilmadi.

9-daqiqada Angulo javob golini urib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Ekvador bosimni kuchaytirdi va 77-daqiqada Plata jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Qolgan vaqtda Germaniya hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo Ekvador himoyada ishonchli harakat qilib, muhim g‘alabani saqlab qoldi.

JCH-2026. «E» guruhi, 3-tur

Ekvador — Germaniya — 2:1

Gollar: Angulo, 9; Plata, 77 — Sane, 2.

Ekvador: Galindes, Franko (Presiado, 64), Ordonez, Pacho, Hinkapi (Estupinan, 71), Yeboa (Torres, 85), M. Kaysedo, Vite, Angulo (X. Kaysedo, 85), Plata, Valensiya (Rodriges, 64).

Germaniya: Noyer, Kimmix (Tiav, 60), Ta, Ryudiger, Sane, Nmecha (Bayer, 64), Pavlovich (Shtiller, 46), Raum, Musiala, Virts (Gross, 73), Haverts (Undav, 60).

Ogohlantirishlar: Hinkapi, 43; Pavlovich, 44; Franko, 50; Plata, 89.

Shu tariqa, Germaniya 6 ochko bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Ekvador esa 4 ochko to‘plab, eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari qatorida turnirni davom ettiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar