Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, ikkinchi o‘rinni egalladi (video)

Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, ikkinchi o‘rinni egalladi (video)
Qisqacha

2026 yilgi jahon chempionatining «F» guruhi 3-tur uchrashuvida Yaponiya va Shvetsiya terma jamoalari 1:1 hisobida durang qayd etdi. O'yinning 56-daqiqasida Maeda Yaponiyani oldinga olib chiqqan bo'lsa, 62-daqiqada Elanga javob golini urib muvozanatni tikladi. Ushbu natijadan so'ng 5 ochko to'plagan Yaponiya ikkinchi pog'onadan joy oldi, 4 ochko jamg'argan Shvetsiya uchinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'l oldi.

2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «F» guruhida Yaponiya va Shvetsiya milliy jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Birinchi bo‘limda jamoalar ehtiyotkor harakat qildi va hisob ochilmadi. Asosiy voqealar tanaffusdan keyin sodir bo‘ldi.

56-daqiqada Maeda Yaponiyani oldinga olib chiqdi. Biroq osiyoliklarning ustunligi uzoqqa cho‘zilmadi. 62-daqiqada Elanga javob golini urib, hisobni tenglashtirdi.

Qolgan vaqtda har ikki jamoa g‘alaba golini urishga harakat qildi, ammo natija o‘zgarmadi. Shu tariqa, Yaponiya va Shvetsiya bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

JCH-2026. «F» guruhi, 3-tur

Yaponiya — Shvetsiya — 1:1

Gollar: Maeda, 56 — Elanga, 62.

Yaponiya: Suzuki, Seko (Vatanabe, 75), Itakura, Ito, Sugavara, Tanaka, Kamada, Nakamura (Nagatomo, 75), Doan (Ito, 67), Maeda, Ueda.

Shvetsiya: Zetterstrom, Lagerbiyelke, Hin, Gulmundsson, Bernhardsson (Svensson, 75), Lindelyof, Ayyari, Straud (Sema, 75), Elanga, Isak, Gyokeresh.

Ushbu natijadan keyin Niderlandiya 7 ochko bilan «F» guruhini birinchi o‘rinda yakunladi. Yaponiya 5 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Shvetsiya 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Tunis esa uchala uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, guruhni so‘nggi o‘rinda tugatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar