Ronalduning Xorvatiyaga qarshi golidan oldin “Bismilloh” degani kameralarda qayd etildi (video)

Krishtianu Ronaldu Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda penalti tepishdan oldin "Bismilloh" degani translyatsiya kameralarida qayd etildi. Shundan so‘ng portugaliyalik hujumchi zarbani aniq bajarib, gol urdi.
Ushbu lavha qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Futbol muxlislari Ronalduning penalti oldidan aytgan so‘zi va goldan keyingi holatini muhokama qilmoqda.
Ronaldu gol urgan bu bahsda Portugaliya hisobda ortda qolayotganiga qaramay, vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. Jamoa kambek amalga oshirib, musobaqaning 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…