Madonna 20 yildan so‘ng yangi albomi bilan musiqa olamiga qaytdi

Pop musiqasi afsonasi Madonna muxlislarini uzoq kutilgan yangilik bilan xursand qildi. Bundan 20 yil avval dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan “Confessions on a Dance Floor” albomining mantiqiy davomi hisoblangan “Confessions II” rasman taqdim etildi.
Yangi albom xonandaning ijodidagi 15-studiya albomi bo‘lib, undan 16 ta qo‘shiq o‘rin olgan. Loyiha doirasida Madonna bir qator mashhur san’atkorlar bilan hamkorlik qilgan. Xususan, albomdan Sabrina Karpenter, Martin Garriks, Stromae hamda xonandaning qizi Lola Leon ishtirokidagi qo‘shiqlar ham joy olgan.
Musiqa tanqidchilari ham yangi relizni iliq kutib oldi. The Guardian nashri uni Madonnaning so‘nggi yigirma yildagi eng muvaffaqiyatli albomlaridan biri deb baholagan bo‘lsa, The Independent “Confessions II”ni zamonaviy pop va raqs musiqasining yorqin namunalaridan biri sifatida e’tirof etdi.
67 yoshida ham Madonna o‘zining betakror uslubi, sahnadagi kuchli energiyasi va ijodiy salohiyatini saqlab qolganini yana bir bor namoyish etdi.































Izohlar 0
…