07:57 / 11.05.2017
5 211

Finalning ikkinchi ishtirokchisi — «Real»!

Finalning ikkinchi ishtirokchisi — «Real»!
Evropa chempionlar ligasining 1/2 final ikkinchi javob uchrashuvida «Atletiko» «Real»ni qabul qilib g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Saul boshi bilan bergan zarba orqali hisobni ochgan bo‘lsa, 16-daqiqada Antuan Grizmann Fernando Torresga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, farqni ikkitagacha etkazdi. Biroq qolganiga «Atletiko»ning kuchi etmadi. 42-daqiqada Isko Kroos tomonidan berilgan zarbani Oblak qaytargach, qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab farqni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda «Atletiko» futbolchilari xarchand urinishmasin, boshqa gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi. «Atletiko» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lishiga, qaramay, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, 4:2 hisobida g‘alaba qozongan «Real» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib 3 iyun kuni Kardiffdagi «Millineum» stadionida bo‘lib o‘tadigan finalda «Yuventus» va «Real» o‘zaro g‘oliblik uchun maydonga chiqadigan bo‘ldi.

Chempionlar ligasi, 1/2 final
Javob uchrashuvi


Atletiko – Real Madrid 2:1 (2:1)

Gollar: Saul (12), Grizmann (16, penalti) – Isko (42).
Atletiko: Oblak, Savich, Godin, Filipe Luis, Ximenes (Parti, 57), Saul, Ferreyra Karrasko, Gabi, Koke (Korrea, 76), Grizmann, Torres (Gameyro, 56).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 77), Kroos, Isko (Morata, 88), Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Danilo (4), Savich (6), Godin (34), Ramos (34), Gabi (37), Korrea (85).

Dastlabki uchrashuv: 0:3

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Finalning ikkinchi ishtirokchisi — «Real»!