07:50 / 15.05.2017
5 453

A seriya. «Roma» «Yuventus»ning chempion bo‘lishini kechiktirdi

A seriya. «Roma» «Yuventus»ning chempion bo‘lishini kechiktirdi
Italiya A seriyasining 36-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Rimda bo‘lib o‘tdi va unda «Roma» peshqadam «Yuventus»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Lemina mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 4 daqiqa o‘tib, Daniele de Rossi farqni yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi bo‘limda Stefan Ash-Shaaraviy va Raja Nainggolan tomonidan kiritilgan gollar «Roma»ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Natijada «Roma» ochkolari sonini 81taga etkazib oldi va «Yuventus» bilan farqni 4 ochkogacha qisqartirdi. «Yuventus» esa Rimda chempion bo‘lishning uddasidan chiqa olmadi.

Italiya A seriyasi, 36-tur

Roma – Yuventus 3:1 (1:1)

Gollar: de Rossi (25), Ash-Shaaraviy (56), Nainggolan (65) – Lemina (21).
Roma: Shchensni, Manolas, Emerson, Ryudiger, Fasio, Perotti (Grene, 70), Salax (Totti, 90+2), Nainggolan (Jezus, 78), de Rossi, Ash-Shaaraviy, Paredes.
Yuventus: Buffon, Benatiya, Bonuchchi, Lixtshtayner (Dani Alves, 64), Lemina, Asamoa, Sturaro (Dibala, 69), Pyanich, Kuadrado (Markizio, 77), Mandjukich, Higuain.
Ogohlantirishlar: Fasio (46), de Rossi (50), Paredes (60), Benatiya (89), Higuain (90).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A seriya. «Roma» «Yuventus»ning chempion bo‘lishini kechiktirdi