08:59 / 20.05.2017
6 405

“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores”ga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi

“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores”ga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalining birinchi uchrashuvida amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschilarini 3:2 hisobida mag‘lub qilgan edi. Uchrashuv Samarqandning “Mo‘’jiza” amfiteatrida bo‘lib o‘tgandi.

Bugun Toshkent vaqti bilan 20 may kuni 5:30da (Kubada 19 may 20:30) Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Uzbek Tigers" jamoasining tajribali bokschilariga qarshi “Cuba Domadores”ning tajribali bokschilari tanlandi. Qizg‘in va kurashlarga boy janglarda har ikki jamoaning bugungi kundagi eng kuchli bo‘lgan bokschilari kurash olib bordi, deb yozadi Kun.uz nashri.

“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores” o‘rtasidagi janglarda ringlarga quyidagi bokschilar chiqib kelishdi:

52 kg. Jasur Latipov – Veytia Uosbanu
60 kg. Elnur Abduraimov – Estrada Alvares
69 kg. Shahram G‘iyosov – Iglesias Roniel
81 kg. Bektemir Meliqo‘ziev – La Kruz Julio
+91 kg. Bahodir Jalolov – Larduet Gomes

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir 3 daqiqalik 5 raunddan olib borilgan ayovsiz janglarda “Cuba Domadores” jamoasi qo‘li baland keldi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, “Cuba Domadores” yarim finalda Columbia Heroicos vs Italia Thunder jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers” “Cuba Domadores”ga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi