00:20 / 30.05.2017
7 508

Dunyoning 50 davlatidan polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdi

Dunyoning 50 davlatidan polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdi
Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz kurash federasiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Kurash xalqaro assosiasiyasi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli turnirda dunyoning ellikka yaqin davlatidan eng kuchli polvonlar g‘oliblik uchun bellashdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Xalqaro turnirda polvonlar uch vazn toifasida gilamga tushdi. Vazni 73 kilogramm bo‘lgan polvonlar bellashuvida barcha sovrinli o‘rinlar mamlakatimiz sportchilariga nasib etdi. Hikmatilla To‘raev birinchi, Davlat Abraev ikkinchi, Suhrob Xudoyberdiev va Sherbek Abloqulov uchinchi o‘rinni egalladi.

Vazni 90 kilogramm bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida ham polvonlarimizga teng keladigani topilmadi. Yahyo Imomov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuhrat Arslonov kumush, Dilshod Choriev va Kamoliddin Rasulov bronza medal bilan taqdirlandi.

Xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasi finalida surxondaryolik Abdulla Xoliyorov rossiyalik Artyom Osipenkoni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 25 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. Artyom Osipenko ikkinchi, Bekmurod Oltiboyev va Baxtiyor Mengliqulov uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa ishtirokchilari va mehmonlari Termiz shahridagi tarixiy yodgorliklar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, barpo etilgan zamonaviy inshootlar bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning 50 davlatidan polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun gilamga chiqdi