Dana Uayt Makgregorning restoranida mehmon bo‘ldi: unga videomurojaat yo‘lladi!

Dana Uayt Makgregorning restoranida mehmon bo‘ldi: unga videomurojaat yo‘lladi!
Qisqacha

UFC prezidenti Dana Uayt Dublin shahridagi Konor Makgregorga tegishli «Black Forge Inn» restoranida mehmon bo'lib, operatsiyadan keyin tiklanayotgan Makgregorga tezroq sog'ayib ketishini tiladi. Uayt Irlandiyaga «Zuffa Boxing 10» turniri oldidan o'tkazilayotgan «jang haftaligi» doirasida tashrif buyurgan. U restoran xizmat ko'rsatishi va taomlarini yuqori baholadi.

UFC prezidenti Dana Uayt Irlandiya poytaxti Dublin shahrida joylashgan, Konor Makgregorga tegishli bo‘lgan mashhur «Black Forge Inn» restoranida mehmon bo‘ldi.

Dunyoning eng kuchli MMA ligasi rahbari «Zuffa Boxing 10» turniri oldidan o‘tkazilayotgan «jang haftaligi» doirasida Irlandiyaga tashrif buyurgan. Tashrif davomida Uayt ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali videomurojaat e’lon qilib, operatsion jarayonni boshidan kechirgan Makgregorga samimiy tilaklarini bildirdi.

«Sog‘ayib ket va tezroq oyoqqa tur»

Dana Uayt restorandagi xizmat ko‘rsatish sifati va taomlarni yuqori baholab, Konorga quyidagicha murojaat qildi:

«Sizlarga aytgandim: men shu yerdaman, Black Forge Inn'daman. Xizmat ko‘rsatish a’lo darajada, mehmondo‘stlik ham shunday, taomlar esa juda mazali. Rahmat, birodar. Tezroq sog‘ayib ket va oyoqqa tur», — dedi UFC rahbari.

Konor Makgregor oktagonga qachon qaytadi?

Eslatib o‘tamiz, tizzasida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Konor Makgregor yaqinda o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi.

Irlandiyalik yulduz UFC bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi bo‘yicha oxirgi jangini o‘tkazish uchun 2027 yildagi «International Fight Week» (Xalqaro janglar haftaligi) turnirida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar