«Ko‘p narsa o‘zgardi»: Mareska «Siti»dagi taktik yangiliklar va rejalarini ochiqladi

«Ko‘p narsa o‘zgardi»: Mareska «Siti»dagi taktik yangiliklar va rejalarini ochiqladi
Qisqacha

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoaga kelishi bilan barcha futbolchilar uchun teng imkoniyat yaratib, ularni bir xil start chizig'iga qo'yganini aytdi. U yozgi yig'inlar transfer oynasi qanday kechishiga ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidladi. Mareska jamoada taktik qurilishlar, to'p bilan va to'psiz harakatlarda o'zgarishlar qilinayotganini bildirdi.

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoadagi dastlabki kunlari va tarkibdagi futbolchilar bilan munosabati haqida ochiq-odin gapirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, u jamoaga kelishi bilan barcha o‘yinchilar uchun teng va ochiq imkoniyatlar eshigini ochdi.

Ushbu yondashuv futbolchilar uchun o‘zini qaytadan namoyon etish va jamoadagi o‘rnini mustahkamlash uchun katta imkoniyat yaratmoqda.

«Har bir futbolchi bir xil start chizig‘ida»

Klub a’zolari bilan bo‘lgan ilk uchrashuvdanoq italyan mutaxassisi o‘z prinsiplarini aniq va keskin bayon qilganini ta’kidladi:

«Jamoaga kelgan kunimoq, futbolchilarga aytgan yagona gapim shu bo‘ldi: men uchun bu – to‘liq qayta boshlash. Har bir futbolchi mening ko‘zimda noldan, bir xil start chizig‘idan boshlaydi. Yozgi yig‘inlar, ma’lum ma’noda, transfer oynasi qanday kechishini ham belgilab beradi», — dedi Mareska.

Taktik islohotlar va 10 kunlik natija

«Manchester Siti» ustozi jamoa o‘yiniga kiritilayotgan yangiliklar va futbolchilarning bu jarayonga bo‘lgan munosabatini yuqori baholadi. Mareskaning ta’kidlashicha, hozirda taktik qurilishlar, to‘p bilan va to‘psiz harakat qilishning yangi jihatlari ustida faol ish olib borilmoqda:

«Futbolchilar yangi murabbiy bilan ishlashga tayyor ekanini ko‘rsatishdi. Biz taktik qurilishlarda, to‘p bilan va to‘psiz o‘yinda ayrim o‘zgarishlar kiritdik, boshqa jihatlarga ham e’tibor qaratdik. Asosiy yangilik shu, ammo bu yerda yillab mehnat qilayotganlarning ishga bo‘lgan munosabati ham juda muhim.

Birgalikda o‘tkazgan shu 10 kunimiz katta ahamiyatga ega. Menga futbolchilar bilan yaqin aloqa kerak, bu kelajak uchun juda muhim», — deya Mareskaning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar