Julian Alvares taqdirini hal qiluvchi hafta boshlandi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Julian Alvares bugun Atletiko Madridning mavsumoldi mashg'ulotlariga qaytadi va bu hafta uning kelajagi hamda Barselonaga o'tish ehtimoli uchun hal qiluvchi bo'lishi kutilmoqda. Alvares Madrid klubi rahbariyatini Barselona bilan transfer muzokaralarini boshlashga undash uchun maxsus qadam tashlashga hozirlik ko'rmoqda.
Sport nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Argentina terma jamoasi hujumchisi Julian Alvares bugun Atletiko Madrid jamoasining mavsumoldi mashgʻulotlariga qaytmoqda. Futbolchi Madrid klubi rahbariyatini Barselona bilan transfer muzokaralarini boshlashga majbur qilish umidida oʻziga xos qadam tashlashga hozirlik koʻrmoqda. Bu hafta hujumchining kelajagi va Kataloniya klubiga oʻtish ehtimoli borasida hal qiluvchi palla boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Eslatib oʻtamiz, hujumchi Jahon chempionati davomidayoq ommaviy ravishda Barselona safiga oʻtish istagini ochiq eʼlon qilgan edi. Biroq, shundan soʻng vaziyat keskinlashdi. Atletiko klubi rasmiy ravishda FIFA hamda Ispaniya futbol federatsiyasiga shikoyat yoʻllab, kataloniyaliklarni amaldagi shartnomasi bor futbolchi bilan himoyalangan davrda muzokara olib borganlikda aybladi.
Klub rahbariyati va Diego Simeone qatʼiy pozitsiyada
Atletiko bosh direktori Migel Anxel Xil Marin va klub prezidenti Enrike Kereso futbolchini yozgi transfer oynasida hech qanday holatda sotib yubormasliklarini qatʼiy taʼkidlashdi. Bosh murabbiy Diego Simeone ham oʻtgan haft yakunida bu masalaga oʻzining keskin munosabatini bildirdi.«Vaziyat tushunarli, klub oʻz qarorini qabul qildi», – deya qisqa va loʻnda izoh bergan edi argentinalik mutaxassis. Madridliklar bosh murabbiyi va rahbariyatining bu qadar qatʼiy turishi transfer jarayonini yanada murakkablashtirmoqda.
Boshqa tomondan, Barselona klubi Alvaresning bayonotidan soʻng darhol harakatga kirishib, oʻzining ilk rasmiy taklifini yuborgan va qiziqishini ommaga eʼlon qilgandi. Biroq, oxirgi haftalarda kataloniyaliklar sukut saqlashni afzal koʻrishdi. Klub rahbariyati bu transfer juda murakkab kechishini yaxshi anglagan holda, har bir qadamni oʻta ehtiyotkorlik bilan tashlamoqda.
Hozirgi vaqtda Julian Alvaresning mashgʻulotlarga qaytishi va uning klub rahbariyatiga yoʻllashi kutilayotgan maxsus talabi vaziyatni yana-da oʻzgartirib yuborishi mumkin. Agar futbolchi oʻtish boʻyicha rasmiy bosimni oshirsa, Atletiko rahbariyati oʻz pozitsiyasini qayta koʻrib chiqishga majbur boʻlishi ehtimoldan xoli emas.






























Izohlar 0
…