Aleksey Batrakov «Galatasaroy»ga o‘tdi: transfer summasi ma’lum bo‘ldi

Aleksey Batrakov «Galatasaroy»ga o‘tdi: transfer summasi ma’lum bo‘ldi
Qisqacha

Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Aleksey Batrakov «Galatasaroy» bilan shartnoma imzolaydi. «Lokomotiv» futbolchining transferi uchun 25 million yevro oladi, bu mablag' ikki yil davomida to'lanadi, kelishuvda yana 4 million yevro bonus ko'zda tutilgan. Batrakovning mavsumlik maoshi bonuslar bilan birga 4 million yevrodan oshishi, shartnomada esa uni boshqa Yevropa klublariga sotish uchun 55 million yevrolik tovon puli belgilanishi aytilmoqda.

Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Aleksey Batrakov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. 21 yoshli Rossiya terma jamoasi futbolchisi «Galatasaroy» bilan shartnoma imzolaydi.

Tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini rasman ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, «Lokomotiv» Batrakov uchun 25 million yevro oladi. Mazkur mablag‘ ikki yil davomida to‘lab beriladi. Shuningdek, kelishuvda yana 4 million yevro bonus ko‘zda tutilgan.

Batrakovning «Galatasaroy»dagi mavsumlik maoshi bonuslar bilan birga 4 million yevrodan oshishi aytilmoqda.

Shartnomada futbolchini Yevropaning boshqa klublariga sotish uchun 55 million yevrolik tovon puli ham belgilangan.

Ma’lumot uchun, Batrakov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar