13:22 / 11.06.2017
7 457

«Rossiya 24» telekanalida «Surxon» va «Andijon» futbolchilari o‘rtasidagi janjal ko‘rsatildi

«Rossiya 24» telekanalida «Surxon» va «Andijon» futbolchilari o‘rtasidagi janjal ko‘rsatildi
Birinchi liganing "Surxon" - "Andijon" uchrashuvida kuzatilgan ommaviy janjal haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy OAVda keng tarqalgan edi.

9 iyun kuni "Rossiya 24" telekanalining "Vesti" dasturida ham ushbu ikki futbol klublari o‘rtasida yuzaga kelgan ommaviy janjal to‘g‘risida xabar berildi va mushtlashuv videosi namoyish etildi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni Birinchi liga doirasidagi "Surxon" - "Andijon" uchrashuvida janjal sodir bo‘lgan.

Mushtlashuv o‘yinga qo‘shib berilgan 4-daqiqada yuz bergan, natijada har ikki jamoadan 8 nafar futbolchi hamda turli muddatlarga diskvalifikasiya qilingan va jarimaga tortilgan.

“Surxon” jamoasi shifokori Fahriddin Abdusamatov “Andijon” futbolchisiga jiddiy tan jarohati etkazgani va bezorilik qilgani uchun vazifasidan chetlatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rossiya 24» telekanalida «Surxon» va «Andijon» futbolchilari o‘rtasidagi janjal ko‘rsatildi