5 170
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Jahon chempionatiga chiqish uchun oxirigacha kurashmoqchi
Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Birinchi navbatda Eron terma jamoasini Rossiya bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 turniriga chiqqani bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini tan olish kerak. O‘zbekistonda JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun hamon imkoniyat saqlanib qoldi.
Mazkur o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ko‘plab yo‘qotishlarga duch keldik va bugungi o‘yin boshida yo‘qotishlar yana bittaga ko‘paydi. Bu uchrashuvdagi rejamizga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Stanislav Andreevning jarohat olib, maydonni tark etishi va majburiy o‘zgartirish amalga oshirganimiz sababli o‘ylangan rejaga ko‘ra Server Jeparov bugun maydonga tusha olmadi.
Yuqorida ta’kidlaganimdek, Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi va buning uchun oxirigacha kurashamiz. Qolgan ikki o‘yinda sifatli o‘yin ko‘rsatib, bor kuchimizni ishga solgan holda g‘alaba qozonishimiz va oldinga intilishimiz kerak”, – dedi Samvel Babayan.

Ma’lumot uchun, 8-turdagi g‘alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda