18:32 / 19.06.2017
5 335

Odil Ahmedov akademiyasi ishga tushish arafasida!

 Odil Ahmedov akademiyasi ishga tushish arafasida!
Namangan futbol internati va Odil Ahmedov hamkorligida, "Odil Ahmedov" futbol akademiyasi joriy o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi.
2004 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar sport kollejining futbol bo‘limiga imtihon topshiradilar. Namanganda joylashgan kollej joriy yil qabuliga Odil Ahmedov bosh-qosh bo‘ladi va u erga vodiyning eng iste’dodli futbolchilarini yig‘ish asosiy maqsad qilingan.

Tanlov ikki qismdan iborat bo‘ladi. Iyul oyining boshida Namangan shahrida 2004 va 2005 yillarda tavallud topgan jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilinadi. Unda vodiydagi 20 ga yaqin klub va BO‘SMlar ishtirok etishlar mumkin bo‘ladi. O‘yinlar davomida poytaxt va vodiylik mutaxassislar tomonidan tuzilgan mutaxassislar, o‘zlariga ma’qul kelgan futbolchilarni yakuniy imtihonlarga taklif etadilar. Undan muvaffaqiyatli o‘tgan futbolchilar yotoq bilan ta’minlangan holda, Evropa metodikasi asosida professional futbol sir-asrorlarini o‘rganadilar.

2005 yilda tavallud topgan futbolchilar esa 2019 yil uchun nazoratga olinadi va keyingi yilning iyul oyiga qadar ular doimiy kuzatuvda bo‘ladilar.

Tanlov kunlari haqida tez kunda ma’lumot beriladi.

Manba : championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov akademiyasi ishga tushish arafasida!