5 004
Eng ko‘p maoshni muxlislarni sharmanda qilayotgan futbolchilar olishadi va boshqa haqiqatlar
Og‘ir atletika bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov olamsport nashri mehmoni bo‘ldi. Ruslan Nuritdinov mazkur saytga bergan intervyusida futbolchilarimizning aybini oshkor etdi.
"- Men shuni aniq bilamanki, Angliya klublarida umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha alohida mashg‘ulot o‘tkaziladi, - deb so‘z boshladi sportimiz iftixori. – Futbolchilar majburiy ravishda trenajer zalida ishlashadi va murabbiylar bu jarayonga jiddiy tarzda e’tibor qaratishadi. Bilishimcha, klublarimizning hammasida ham bunday emas ekan. Xatto ayrim grand klublarimizda umumjismoniy tayyorgarlik futbolchilar uchun ixtiyoriy ravishda berilgan.
Trenajer zalidagi har bir mashg‘ulot futbolchining ma’lum bir mushaklarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tez yugurish uchun oyoq mushaklari baquvvat bo‘lishi shart. Bizning futbolchilar nima uchun uzog‘i bilan 60 daqiqadan so‘ng charchab qolyapti? Sababi, oyoqda kuch yo‘q. Tomir tortishlar ham shundan. Zarbalarni ham ko‘ryapsiz qanday holda berilmoqda. Faqat kross yugurish bilan futbolchi mukammallikka erishmaydi." -deydi Ruslan Nuritdinov.
Sportchi futbolchilarning maoshi haqida esa shunday dedi:" Bilasizmi, eng ko‘p maoshni aynan futbolchilar olishadi. Ularga yana nima kerak? Lekin natija yo‘q. Balki, futbolchilar bilan ham xuddi bizda bo‘lgani kabi munosabatda ishlash kerakdir. Ya’ni, oldin natija, keyin pul. Tasavvur qiling, O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchiga mashina berilyapti. O‘x-xo‘, agar og‘ir atletikada ham shunday bo‘lsa, mening mashinalarim soni qanchaga etardi? Masalan, menga jahon chempioni bo‘lganimdan keyin mashina berishgan.
Endi e’tibor bering, futbolchilarimiz jahon chempioni bo‘lishdi. Ularga mars sayyorasini sovg‘a qilisharkan-da! Bu narsaning amalga oshmasligi aniq. Chunki, biz hali jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmayapmiz. Men shunchaki taqqoslash uchun bu misolni aytdim."
Aslida, ularning mashq qilmasligi maydondagi ahvolidan ham ma’lum edi. Ularning maoshlariga kelsak essiz futbol uchun ajratilgan pullar...
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi