Ronalduning bir necha soniyalik sirli ishorasi muxlislarni jumboq qarshisida qoldirdi

Ronalduning bir necha soniyalik sirli ishorasi muxlislarni jumboq qarshisida qoldirdi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu bu safar goli bilan emas, maydonni tark etayotganda ko‘rsatgan noodatiy ishorasi bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Uning harakati ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Voqea “Al-Nassr”ning Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Neom”ga qarshi kechgan uchrashuvidan so‘ng yuz berdi. Ronaldu maydondan chiqib ketayotib, qo‘lini pastga qaratdi va ikki barmog‘ini bir-biriga chalishtirdi.

“Al-Nassr” klubi ushbu lavhani rasmiy sahifasiga joylab, muxlislardan futbolchining ishorasi nimani anglatishini topishni so‘radi. Shundan so‘ng foydalanuvchilar turli taxminlarni ilgari sura boshladi. Biroq hozircha uning asl ma’nosi haqida aniq izoh berilmagan.

Uchrashuvda “Al-Nassr” “Neom”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu esa o‘yin davomida penaltidan foydalana olmadi, ammo uchrashuvni oxirigacha maydonda o‘tkazdi.

Hozircha futbolchining o‘zi ham, klub ham sirli ishoraning ma’nosini ochiqlamagan. Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar taxminligicha qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar