1. Sardor Rashidov Qatarning “Al-Jaish” klubini tark etib, BAAning “Al-Jazira” jamoasi a’zosiga aylandi. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
BAAda Sardor Rashidovni tort bilan kutib olishdi
2. O‘zbekiston U-15 termasi CAFA CUP–2017 turnirida, O‘zbekiston U-22 termasi esa Qatardagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
U-15 CAFA CUP–2017 musobaqasi Tojikiston o‘tkaziladi
3. Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida ikkinchi o‘yinga tayinlov oldi. O‘zbekistonlik referi Jahon chempioni – Germaniya termasi ishtirokidagi ikkinchi o‘yinda ham videotakrorlar bo‘yicha assistent bo‘ldi.
Ravshan Ermatov yangi tizimni sinovdan o‘tkazyapti
4. “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro loyihaning O‘zbekistondagi elchilari mamlakatning taniqli shaxslari – FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov, xonanda va bastakor Sevara Nazarxon, Korzinka.uz supermarketlari tarmog‘i egasi Zafar Hoshimov hamda O‘zbekiston fanlar Akamediyasi akademigi, professor Edvard Rtveladze bilan uchrashdi.
“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari Ravshan Ermatov bilan
5. O‘FF rasmiylari Xalqaro press-klub sessiyasida OAV savollariga javob berdi. Unda O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va kelishilgan o‘yinlarga qarshi mas’ul ofiser Axrol Inoyatov qatnashdi.
Xalqaro press-klub “O‘zbekistonda sport: Yangi vazifalar, Olimpiya harakati va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida
6. O‘zbekiston ayollar termasi FIFA reytingida 1 pog‘onaga ko‘tarildi. Natijada ayollar terma jamoasi jahonda 41, Osiyoda 9-o‘rinni egalladi.
OFKga a’zo mamlakatlarning ayollar termasi TOP-10 ligi
7. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi. Xorijda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini, 2 ta nazorat o‘yini va Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Samvel Baban, Ravshan Haydarov va Deyan Jurjevich MTJning bo‘lajak o‘yinlarga dasturini muhokama qilmoqda
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»