O‘zbekiston kubogning chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Ularda turli natijalar qayd etildi.
Jumladan, “Dinamo“ Samarqandda “Mash’al“ga yutqazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Safarov tomonidan kiritilgan gol, yakunda muborakliklarga g‘alabani taqdim etdi.
“Bunyodkor“ esa safarda ”Neftchi”dan ustun keldi. Dastlab, birinchi bo‘limning 44-daqiqasida Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib Muzaffarov penaltidan javob golini kiritdi.
Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Mirjamol Qosimovning goli bo‘lsa, yakunda toshkentliklarga g‘alabani taqdim etdi – 1:2.
O‘zbekiston Kubogi. 1/4 final
Dastlabki uchrashuvlar
Dinamo – Mash’al 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 - 56 Safarov.
Dinamo: Jo‘raev, Lokaev, Abdusalimov, Bozorov, Azitov, Qahramonov, Rogak, Nikolaev, Safarov, Davlatjonov, Qurbonov.
Mash’al: Ilyosov, Abduraimov, Murtazoyev, Safarov, Shodmonov, Qo‘ziboyev, Qosimov, Timanyuk, Begimqulov, Agaliev, Olimov.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Neftchi – Bunyodkor 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 - 44 Hamdamov, 1:1 - 70 penalti Muzaffarov, 1:2 - 89 Qosimov.
Neftchi: Yusupov, Karimov, G‘ofurov, Muzaffarov, Ermatov, Ubaydullaev, Hasanboyev, Ismoilov, Ayvazov, Toshpo‘latov, Asqaraliev.
Bunyodkor: Zuhurov, Ashurmatov, Komilov, Ibrohimov, Nurmatov, Shomurodov, Hamdamov, Ahmadaliev, Umirov, Shukurov, Qosimov.
Hakamlar: T. To‘xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijan), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Qo‘qon-1912” klublari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Unda 4:1 hisobi qayd etilib, qarshiliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Maydon egalari safida Abdurahimov dubl qayd etgan bo‘lsa, Rahmatullaev va Kenjaboyev o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
“Qo‘qon“ning yagona goliga esa Suhrob Berdiev mualliflik qildi.
Nasaf – Qo‘qon-1912 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar: 1:0 - 52 Rahmatullaev, 1:1 - 56 Berdiev, 2:1 - 58 Abdurahimov, 3:1 - 81 Abdurahimov, 4:1 - 90 Kenjaboyev.
Nasaf: Suyunov, Shorahmedov, Karimov, G‘aniev, Rahmatullaev, Abdurahimov, Golban, A’zamov, Rashidxonov, Sayfiev, Cheran.
Qo‘qon-1912: Ashurov, Akramov, Hasanov, Otaqo‘ziev, Sidiqov, Berdiev, Xolmurodov, Gojkovich, Xolmuhammedov, Hasanov, Rayevas.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Shodmonov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Manba: www.iff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?