29 iyun kuni Jizzax viloyatining «So‘g‘diyona» klubi prezidenti O‘ktamjon Mahmudjonov jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.
Yig‘ilishni klub prezidenti Mahmudjanov O‘ktamjon Ismailovich olib bordi. U o‘z so‘zida klubning birinchi davradagi qoniqarsiz natijalari va darvozabonlarni tayyorlashdagi kamchiliklar borasida so‘z yuritgan.
«So‘g‘diyona» chempionatning birinchi davrasini 13-o‘rinda yakunlagan, jizzaxliklar 5 g‘alaba, 2 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu natija rahbariyatni qoniqtirmagan, bu esa jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev ishdan bo‘shash haqida ariza yozishi bilan yakunlangan.
Klub prezidenti darvozabonlarni tayyorlashdagi kamchiliklarga ham to‘xtalgan. Posbonlarda etarlicha mahorat shakllantira olmagani uchun murabbiy Shavkat Abduxo‘jaev iste’foga chiqarilgan. Shuningdek, klub darvozaboni Sarvar Karimov bilan tuzilgan shartnoma muddatidan avval bekor qilingan. Futbolchilar Dadajon Mamatqulov va Omon Xalilov ham jamoadan chetlashtirilgan.
Bu futbolchilarga keskin chora ko‘rilgani sabablari aniq emas.
Ayni vaqtda klubga yangi bosh murabbiy izlash ishlari boshlab yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»